Daraxtlar qish kelishini qanday bilishadi?
(o'simliklardagi biokimyoviy jarayonlar)
Bir kuni oilada suhbat qilib o'tirib Abdulloh otasidan so'rab qoldi: - Dada, qarang yozda 3 kun oftobda qolib ketgan qog'oz sarg'ayib qoldi. Lekin qish kunlari buncha tez sarg'aymaydi.
Ha, - dedi dadasi, - axir yozda quyosh tikka tushadi va qattqi qizdiradi, shunga tez sarg'ayadi-da.
- Ho'p, unda nega darahtlarning yaproqlari aksincha, yozda yam-yashil bo'lib turadi-yu, qish yaqinlashgan sari sarg'ayib to'kiladi. Bu siz aytgan narsaga zid-ku. Kun issiq va quyosh qizdirganda emas-da, quyosh tafti pasaygan, kunlar sovuganda sarg'ayadi, bu qanaqasi?
- Chukli darahtlar ildizi orqali tomirlaridan suvni bargalarga yetkazib turadi.
- Ho'p daraxtlar o'sha ishni kuzda tark etisgadimi, kuzda aksincha yomg'irlar ham ko'proq bo'ladi-ku?
- Bu savol Abdullohning dadasini ham o'ylantirib qo'ydi.
- Bu savolingga javob berish uchun sal kitob titishim kerak shekilli...
Savollar:
Daraxtlar qish yaqinlashayotganini qayerdan payqaydi?
Nega daraxt barglari kuz kelishi bilan rangini o'zgartiradi?
Yozda daraxt bargini yulish uchun kuch sarflashingiz kerak, ammo kuzda yengil shaboda ham barglarni to'kib tashlaydi, nima sababdan? Javoblaringizni asoslang.
Daraxtlar kuzda nega barglarini to'kadi?
Nega ayrim daraxtlarning va o'simliklarning barglari qishda ham yashil qoladi?