Sirli suyuqlik
Fokus: Uchta stanakga bilinar-bilinmas rangsiz suyuqlik bir necha tomchi tomizib qo’yilgan. Tomoshabinga bu sezilmaydi. Siz binafsha rangli suyuqlik solingan shishani olib, stakanlarga quyasiz. Stakanlardagi suyuqlik ranglari turli xil bo’lib chiqadi. Birinchisida u qizil rangga aylanadi, ikkinchisida ko’k rangga aylanadi, uchinchisida esa yashil rangga aylanadi.
Fokus siri: Buning sababi shishadagi binafsha rangli suyuqlik - qizil karam barglarining sharbati bo’lib stakandagi suyuqliklar bilan reaksiyaga kirishadi. Qizil karam tarkibida antosian moddasi bo’lib, u kislotalik muhit darajasiga qarab moddalar bilan aralashtirilganda o’z rangini qizildan (kuchli kislotada), pushti, binafsha rangga (neytral muhitda bu tabiiy rang), ko'k va nihoyat yashil rangga (kuchli ishqorda) o'zgartiradi. Birinchi stakanga sirka, ikkinchisiga nashatir spirti, uchinchi stakanga esa suyuq sovun tomizib qo’yilgan.