Mo'jizaviy biologiya
Bilogiya - virusdan filgacha, gendan daraxtgacha rang-barang jonli olam sirlanining kashshofi, hayaot tilsimini yechaman deb berk ko'chalarga ham kirib chiqadigan, munozara va baxslarga ochiq, jumboqlarga to'la tirik fandir.

Hikmat

Asalari, nektar va bol

Asalari ma'lumki turli gullardan nektar yig'ib totli asal qiladi. Ari qo'nadigan gullarning hidi, ta'mi, ko'rinishi har xil bo'ladi. Ayrimlarining hidi biz uchun yoqimsiz, mevasining ta'mi ham nordon, achchiq, ko'rinishi ham uncha chiroyli tuyulmasligi mumkin. Ammo asalari qanaqa gulga qo'nmasin, qaysi o'simlikdan nektar olmasin baririb tayyorlagan asali shirin, hidi yoqimli bo'laveradi. Sababi asalari bu to'plagan nektarlariga o'zidagi fermentlarni qo'shib ularni yoqimli hid va ta'm beradigan shaklga o'gira oladi. Bunda biz uchun ajoyib saboq bor. Biz ham hayotda va turmushda turli yoqimli va yoqimsiz narsalarga va hodisalarga duch kelamiz. Agar asalari kabi biz ham yoqimsiz ko'ringan narsa yoki hodisalardan yoqimli ibrat va hikmat topa olsak, hayotimiz ham asaldek shirin bo'lardi.