Bilogiya - virusdan filgacha, gendan daraxtgacha rang-barang jonli olam sirlanining kashshofi, hayaot tilsimini yechaman deb berk ko'chalarga ham kirib chiqadigan, munozara va baxslarga ochiq, jumboqlarga to'la tirik fandir.
Ochiq masala
"Bombardimonchi" qo'ng'iz
Brachynus exlodens nomli qo’ng’iz dushmanlardan himoyalanish uchun 100oC daraja haroratli badbo’y suyuqlik chiqaradi. U tanasida bunday issiq moddani qanday qilib saqlaydi?
Kiyik terisi va yo'lbars
Sibir tomonda ovchilar kiyiklarni asosan qimmatbaho terisi uchun ovlasharkan. Lekin ularning bitta raqobatchisi yo'lbarslar ekan. Shu sababli yo'lbarslar ham ovchilar dastidan qirilib ketibdi. Natijada kiyiklar ko'payibdi-yu, lekin ularning terilari narxi tushib ketibdi. Teri sotuvchilari bu holatga tushunishmabdi. Nima deb o'ylaysiz, nega shunday bo'lgan.