Tajriba
Gullar jilosi
Kerakli narsalar: Imkon boricha oq yoki ochiq rangli atirgul yoki chinnigul yoxud moychechak g'unchalari, ozuqaviy bo'yoq yoki turli rangdagi siyohlar, shakar, sirka, shisha bankalar.
Bajarish: Bu juda oddiy tajribalardan biri. Gullar novdasini 45 daraja burchak bilan qaychida kesib olamiz. Har bir shisha bankaga 200 ml suv, 1 qoshish shakar, 1 qoshiq sirka 15-20 tomchi rangli siyoh yoki ozuqaviy bo'yoq solamiz. So'ngra har bir bankaga novdalarni solib qo'yamiz. Oradan bir necha kun o'tgach, siz gulbarglarda suvga qo'shilgan bo'yoq rangi bilan bir xil rangdagi chiziqlarni, jilolarni ko'rasiz. Naqadar ajoyib!
Izoh: O'simliklarda suv va ba'zi oziq moddalarni o'simlikning barcha qismlariga tarqatadigan suv o'tkazuvchi to'qimalar tizimi (ksilem deb ataladi) mavjud. Rangli suvdan foydalanib, biz ushbu tizimni ishlayotganini ko'ramiz.