Mo'jizaviy biologiya
Bilogiya - virusdan filgacha, gendan daraxtgacha rang-barang jonli olam sirlanining kashshofi, hayaot tilsimini yechaman deb berk ko'chalarga ham kirib chiqadigan, munozara va baxslarga ochiq, jumboqlarga to'la tirik fandir.

Yumor

"Burga"chi o'quvchining imtixoni

BIr o'quvchi biologiyadan imtihon topshirish uchun faqat burgalar mavzusiga tayyorlanibdi. Imtixonga kelib bilet olibdi. Birninchi savol burgalar mazusi ekan. U javob berishni boshlabdi:
- Burgalar hayvonlarning mo'ynasida yashaydigan hasharotlar bo'lib, ular terini teshib, qon ichishadi. Burgalarning uzun oyoqlari bor, shuning uchun ular yaxshi sakraydilar ...
- Keyingi savolga o'ting, dedi o'qituvchi.
- Keyingi savol itlar mavzusi ekan. Itlar sutemizuvchi hayvonlar bo'lib, ularning to'rt oyog'i va dumi bor, ularning terisi jun bilan qoplangan. Mana shu junlari orasida burgalar yashaydi va burgalar ...
- Keyingi savolga o'ting, dedi o'qituvchi.
Keyingi savol mushuklar haqida ekan.
- Mushuklar - to'rt oyoqli, uzun mo'ylovli va dumi bo'lgan sut emizuvchi hayvonlar. Ularning terisi jun bilan qoplangan. Bu junlar orasida burgalar yashaydi va burgalar ...
Oq'ituvchi keyingi savolni o'qidi: "Baliqlar!" "Ha, mana endi qo'lga tushdi" hayol qildi u. O'quvchi esa hotirjam javob berdi:
- Baliqlar tanasi tangachalar bilan qoplangan hayvonlardir. Agar tangachalar o'rniga ular jun bilan qo'plangan bo'lganida junlari orasida burgalar yashagan bo'lardi. Burgalar esa .....