G'aroyib fizika
Fizika - xaosda tartibni, chalkashlikda muvozanatni, murakkablikda oddiylkni, zarradan koinotgacha yaratilgan mukammal mozaikadan zavqlanishni o'rgatuvchi, atrofimizni chulg'ab olgan moddiy olamdagi jarayon hamda aloqalardan ixtiro va kashfiyotlarga ilhom beruvchi fandir

Buyuklar hayotidan

Imtixondan yiqilgan talaba

Fizikadan imtixonda quyidagi savol tushibdi. "Barometr yordamida binoning balandigini o‘lchang?" O‘quvchi imtihondan o‘tolmabdi. Chunki masalaga quyidagicha javob bergan ekan:
1. Barometrni binoning eng yuqorisidan tashlab yuborib, uning tushish vaqtini o‘lchaysiz va formula bilan chiqarasiz.
2. Agar havo ochiq bo‘lsa barometrni tik qilib soyasini o‘lchaysiz, keyin bino soyasini o‘lchaysiz. O‘xshash uchburchaklar qoidasidan hisoblab topasiz.
3. Barometrni uchiga ip boylab uni mayatnik qilib oldin pastda keyin binoning eng yuqorisida tebratib tebranish davrining erkin tushish tezlanishiga bog‘liqlik formulasidan balandilikni topshi mumkin.
4. Agar binoda yong‘inda chiqish narvaonchasi bo‘lsa barometrni chizg‘ich qilib ishlatib o‘lchaysiz.
5. Agar oddiy olim bo‘lsangiz, barometr bilan pastdagi va bino yuqorisidagi bosimni o‘lchab bosiming balandlikka bog‘liq formulasidan hisoblab topasiz.
6. Eng oson javob. Bino qorovulini chaqirib undan barometrni berish evaziga bino balandligini aytishni so‘rash.
Bu talaba fizika bo‘yicha yagona daniyalik Nobel mukofoti sovrindori Nils Bor edi.