G'aroyib fizika
Fizika - xaosda tartibni, chalkashlikda muvozanatni, murakkablikda oddiylkni, zarradan koinotgacha yaratilgan mukammal mozaikadan zavqlanishni o'rgatuvchi, atrofimizni chulg'ab olgan moddiy olamdagi jarayon hamda aloqalardan ixtiro va kashfiyotlarga ilhom beruvchi fandir

Voqeiy saboq

(Case-Study)

Oftobomobil qanchalik samardor?
(enrgiya, quvvat, f.i.k. mavzulari uchun foydali)

Kuni kecha mehmonda bir qarindoshimiz aytib qoldi: "Mana quyosh panellar juda ommlashib bryapti. Nega shu panellardan fodalanib avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmayotgani meni o‘ylantiradi".
Yonidagi boshqa tanishimiz: "To‘g‘ri ularni yaxshigiga energiya beradi. Men ham hayronman. Axir quyosh panellari yordamida samoletni uchirishganini ko‘rgan edim ko‘rgan edim, ancha ilgari".
Bir fizik yaqiniimz esa: "Axir avtomobil uchun katta quvvat kerak, quyosh panellarining quvvati unaqa katta emas" dedi.
Ilk so‘z ochgan odam: " Nega men tanishib chiqdim, ularni ketma ket ulash orqali kuchlaniishini oshirish mumkin. Tok kuchi ham bir necha amperni tashkil qilarkan".
Fizik: "Xo‘p keling hisoblab ko‘ramiz, va bu samaradorlik nimalarga bog‘liq ekan. .... demak, bitta oddiy o'rtacha quvvatdagi avtomobilni yurgizish uchun futbol stadioniga teng maydondagi quyosh paneli kerak ekan".
"Ha endi tushanrali bo‘ldi!", deyishdi hammalari.

Savollar:
  1. Xo‘sh, ..... qo'yilgan joyda fizik nimalarni tushuntigan?
  2. Nega yurtimizda yiliga 300 kun quyoshil bo‘lsa ham oftomobillar uchun samara bermaydi?
  3. F.I.K. nimani ifodalaydi? Quyoshdan samarali foydalinsh uchun yana nimalar qilish mumkin?