G'aroyib fizika
Fizika - xaosda tartibni, chalkashlikda muvozanatni, murakkablikda oddiylkni, zarradan koinotgacha yaratilgan mukammal mozaikadan zavqlanishni o'rgatuvchi, atrofimizni chulg'ab olgan moddiy olamdagi jarayon hamda aloqalardan ixtiro va kashfiyotlarga ilhom beruvchi fandir

Fokus, sofizm, drudl

Yolg'onchi tuxum
Fokus
Ikki ta stakanda suv bor. Birisiga tuxumni solsak cho'kib ketadi. Ikkinchisiga solsak suzib qalqib sirtga chiqadi. Sababi nima?
Ikkinchi stakanga oldindan ikki qoshiq tuz solib eritib olingan. Tuzli suvning zichligi oddiy suvnikidan biroz ko'proq bo'ladi. Tuxumning zichligi 1,037 г/см3 bo'lgani uchun oddiy suvning zichligidan ozgina farq qiladi.

Videoni ko'rish