G'aroyib fizika
Fizika - xaosda tartibni, chalkashlikda muvozanatni, murakkablikda oddiylkni, zarradan koinotgacha yaratilgan mukammal mozaikadan zavqlanishni o'rgatuvchi, atrofimizni chulg'ab olgan moddiy olamdagi jarayon hamda aloqalardan ixtiro va kashfiyotlarga ilhom beruvchi fandir

Kashfiyot va ixtirolar tarixi

G'ildirakni qanday va kim ixtiro qilgan?


Hozirgi texnik tarqqqiyotimizni g'ildiraksiz, aylanma mexanizmlarsiz tasavvur qilolmaymiz. Tarixda birinchi g'ildirakni kim ixtiro qilgani haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Mavjuda ma'lumotlarg ko'ra miloddan 3-4 ming yil avval Mesopatamiyada qo'llanila boshlangani haqida taxminlar bor. Qanday ixtiro qilinganiga kelsak, odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shu'gullangan davrda ko'proq yuk tashish uchun ot, ho'kiz kabi ulovlardan foydalanishgan. Hayvonni tekis taxtaga bog'lab yuk tashishda sudrab ishlatishgan. Shunda taxta tagiga xoda qo'yib ko'rishgan. Shunda yukni sudrash osonlashganini sezishgan. Ammo xodani ko'tarib yurish qiyin bo'lgan. Shunda kimdirning aqliga xodani kesib, o'rtasini teshib kichik g'ola qoyib sinab ko'radi. Shundan keyin ilk g'ildirak zamonlar o'tib sekin asta takomillashib bordi.