Inersiya nima?
Inersiya - (лот. inertia — harakatsizlik) bu jismlarning ilgari harakat qilgan yo'nalishda harakat qilishni davom ettirish xususiyati.
Buni sodda qilib tushuntirish mumkin:
Tasavvur qiling, siz katta yo'l bo'ylab ketayotgan mashinada o'tiribsiz. Mashina to'satdan to'xtasa, siz oldinga siljib boshingizni oynaga urib olishingiz ham mumkinz, chunki tanangiz mashina bilan birga bir xil yo'nalishda harakat qilayotgan edi. Bu - inertsiya.
Yoki yana bir misol. Siz velosipedda ketyapsiz va birdan undan sakrab tushdingiz. Velosiped oldinga harakatlanishda davom etadi, chunki u ham xuddi shu yo'nalishda harakat qilayotgan edi.
Inersiya - bu jismlarning harakatdagi o'zgarishlarga qarshilik ko'rsatish xususiyati.
Tasavvur qiling-a, siz rolikli poyafzalda uchib ketyapsiz va to'satdan rolik yo'ldagi to'siqqa urilib qoqilib ketdingiz. Tanagiz oldinga intilib yiqilib tushasiz, chunki oyoqlaringiz bir xil yo'nalishda harakat qilayotgan edi. mana shu - inertsiya.
Yoki yana bir misol. Siz tomon uchib kelayotgan to'pni to'xtatishga harakat qilyapsiz. To'pni to'xtatish uchun siz kuch ishlatishingiz kerak, chunki u harakatidagi o'zgarishlarga qarshilik ko'rsatadi.