G'aroyib fizika
Fizika - xaosda tartibni, chalkashlikda muvozanatni, murakkablikda oddiylkni, zarradan koinotgacha yaratilgan mukammal mozaikadan zavqlanishni o'rgatuvchi, atrofimizni chulg'ab olgan moddiy olamdagi jarayon hamda aloqalardan ixtiro va kashfiyotlarga ilhom beruvchi fandir
Ochiq masala
Iskandariya mayog'i

Iskandar mayog'i Misr qirg'oqlariga yaqin joyda arxeologlarning bildirishicha 300 metr balandlikda bo'lgan. Uning quruvchisi o'z nomini mayoq tepasiga o'yib qo'ymoqchi bo'lgan, kelgusi avlodlar mayiqni kim qurganini bilishlari uchun. Biroq o'sha paytdagi Iskandariya hokimi quruvchiga uning ismini o'yib qo'yihsni buyurgan, aks holda quruvchini qatl qilishini aytgan. Keyinchalik tarixchilar mayoqda quruvchining ismi yozilganini aniqlashgan. Ammo quruvchi qatl qilinmagan. Quruvchi bu ishni qanday uddalagan? Chunki o'z nomimi o'yib yozsa qatl qilinadi, ammo hokimning ismini o'yib yozsa, quruvchining ismi tarixda qolmaydi.

Shamning oqimi

Yonib turgan sham devorga qapishtirib qo'yildi. Parafin qaysi tomonga oqadi?
Suyuqlikni farqlash usuli

Og'zi mahkam yopilgan ikkita shihsa idishning birida suv va ikkinchisida spirt bor. Idish og'zini ochmasdan turib qaysi birida suv va qaysi birida spirt ekanini aniqlash kerak. Nima qilamiz?