G'aroyib fizika
Fizika - xaosda tartibni, chalkashlikda muvozanatni, murakkablikda oddiylkni, zarradan koinotgacha yaratilgan mukammal mozaikadan zavqlanishni o'rgatuvchi, atrofimizni chulg'ab olgan moddiy olamdagi jarayon hamda aloqalardan ixtiro va kashfiyotlarga ilhom beruvchi fandir

O'yin

Uchar gilam

O'yinning maqsadi: uchish apparatlarining harkatini o'rganish

O'yinchilar ikki jamoaga bo'lingan. Har bir jamoa karton, qog'oz, rezina, yelim va boshqa materiallar to'plamini oladi. Jamolarning vazifasi imkon qadar uzoqqa ucha oladigan apparat yasash. Uchish apparati eng uzoqqa uchadigan jamoa g'olib hisoblanadi. Yoki ma'lum bir joyni aeroport deya chizib qo'yiladi va jamoalardan shu aeroport ichiga qo'nadigan shaklda uchush apparatini parvoz qildirish kerak bo'ladi.
Ajoyib muvozanat

O'yinning maqsadi: suyuqliklarda harorat va issiqlik sig'imi tushunchalarini o'rganish.

O'yinchilar ikki jamoaga bo'lingan. Har bir jamoaga 3 ta idishda turli haroratdagi turli xil syuqlik beriladi. Jamolarning vazifasi imkon qadar qisqa vaqtda boshqa bir idishga ma'lum haroratda bo'lgan suyuqliklar arlashmasini hosil qilish. Bunda uchchala suyuqlidan ham foydalanish shart. Kim masalani tezroq hal qilsa o'sha yutadi.

Masalani yengilroq tarzda berish uchun boshida bir xil suyuqlikdan boshlash mimkin.