G'aroyib fizika
Fizika - xaosda tartibni, chalkashlikda muvozanatni, murakkablikda oddiylkni, zarradan koinotgacha yaratilgan mukammal mozaikadan zavqlanishni o'rgatuvchi, atrofimizni chulg'ab olgan moddiy olamdagi jarayon hamda aloqalardan ixtiro va kashfiyotlarga ilhom beruvchi fandir

Yechilmagan ilmiy sir

Massa? Shuni ham bimaymizmi?


Massa fizikada hali to'liq yechilmagan muammo ekanini ko'pchilik bilmasa kerak. Fizikada inert massa va gravitasion massa tushunchasi bor. Inert massa jismning kuch ta'siridagi harakatiga qarshilik qilish xususiyati deb izohlanadi. Gravitasion massa esa gravitasion maydon bilan jismning ta'sirini ifodalaydi, yoki gravitasion maydonning "zaryadi" ham desak bo'ladi. Bu ikki tur massa o'zaro bir xil, ya'ni ekvivalent hisoblanadi. Undan tashqari tinch holatdagi massa tushunchasi bor. Bunda jism massasi uning tezligiga bo'gliq emas va o'zgarmas deb qabul qilinadi. Massa - o'zgarmas kattalik deyiladi. Ya'ni jismni siz fazoning istagan joyiga olib borib qo'ysangiz ham massa o'zgarmaydi (vazn bilan massani farqlashni bilsangiz kerak). Ammo deylik yorug'lik tezligidachi? Misol uchun foton zarrachasining tezlikdagi massasi bor. Ammo tinch holatdagi massasi nolga teng. Xullas massaning mohiyati, tabiati nima, maydonning yoki energiyaning boshqacha ko'rininshimi? Yoki enrgiya bilan massa asli bitta narsami? Fzikada kvant nazariyasi, nisbiylik nazariyalari va yana yangi ayrim nazariyalar massaning mohiyatini izohlashga urinayotgan bo'lsa-da, hanuz bu masalaga aniq javob yo'q. Balki bu masalani siz hal qilarsiz?

Jismlar nega o'zaro tortishadi?


Bu savolga ko'pchilik gravitatsiya sababli deb javob beradi. Xo'sh, gravitastsiyaing o'zi nima? Ha, gravitasiya ta'sir qiluvchi kuch va u massaga va jismalr orasidagi masofaga bo'g'liq. Lekin bu kuchning manbasi nima? Massami? Massaning o'zi hali jumboq. Elekrt maydonni elektron zaryadi bilan o'lchaymiz. Gravitasion maydonni-chi? Graviton zarrasi reallikda mavjudmi? Fizikadagi simmetriya qonuniga ko'ra antigravitasiya mavjudmi? Agar mavjud bo'lsa u qanday va qayerda namoyon bo'ladi? Hullas gravitasiya mavzusi fizikada hali ko'p jumboqlarni o'z ichiga oladi. Ayniqsa materiya, vaqt, fazo, maydon, energiya tushunchalari ham gravitasiya bilan bevosita bo'gliq. Balki siz bu yo'nalishda izlanish olib borib yangi kashfiyotlari qilarsiz!?