G'aroyib fizika
Fizika - xaosda tartibni, chalkashlikda muvozanatni, murakkablikda oddiylkni, zarradan koinotgacha yaratilgan mukammal mozaikadan zavqlanishni o'rgatuvchi, atrofimizni chulg'ab olgan moddiy olamdagi jarayon hamda aloqalardan ixtiro va kashfiyotlarga ilhom beruvchi fandir

Tajriba

Qog'ozdan ko'prik


Kerakli narsalar: 3 ta shisha stakan va bir varaq qog'oz.

Bajarish: Ikkita stakanni qog'ozning uzunligidan sal kichik masofaga qo'yib ustiga qog'oz varag'ini qo'yamiz. Endi shu qog'oz o'rtasiga stakanni qo'ysak nima bo'ladi? Albatta qo'goz stakanni ko'tarmaydi. Qog'ozni garmoshka qilib buklab chiqamiz va ikkita stakan ustiq qo'yamiz. Uchinchi stakanni qog'oz ustiga qo'yamiz. Xo'sh, nima bo'ldi? Bir varaq qog'oz stakanni ko'tarib turibdi. Yana qanday usulda stakanni qog'oz ustida turishin ta'minlash mumkin? Hech qanday yelim, skoch ishlatnasdan, faqat qog'ozning o'zidan foydalanib bajarishga urunib ko'ring.

Izoh: Buning izohini bilish uchun mexanikadagi statika va materiallar qarshiligi bo'limini yaxshi bilish kerak.


Videoni ko'rish

Qog'oz to'g'on


Kerakli narsalar: Uzunroq stakan, bir varaq qog'oz

Bajarish: Stakanni taxminan 3/4 qismiga suv bilan to'ldiramiz. Qog'oz varaqni stakan ustiga qo'yib kaftimiz bilan bosib turib birdaniga teskari ag'daramiz. Keyin ohista kaftimizni olamiz.

Izoh: Stakan ichidagi havoning bosimi tashqaridagi atmosfera bosimidan kam bo'lgani uchun suv to'kilib ketmaydi.


Videoni ko'rish

Disko shari


Kerakli narsalar: Kompakt disk, 20ml lik shpris, pufak va yelim

Bajarish: Shprisninh uchki qismini kesib olib tashlaymiz va kompakt diskni o'rtasiga yopishtiramiz. Shpris ni ochiq tomoniga pufakni kiygizamiz. Kompakt disk teshigi orqali pufakni shishiramiz va stol ustiga qo'yib yuboramiz. Endi xuddi shunday pufakni shishirib shiftga qo'yib yuboramiz. Shuftda ham xuddi stol ustida yurgandek harakatlanadi.

Izoh: Shiftda haralatlanish sababi Bernulli qonuniga ko'ra havo oqimi tezlashganda bosim kamayadi. Diskyonidan chiqayotgan kuchli oqim bo'lgan joyda bosim pasayadi. Atmosfera bosimi diskni shiftga tomon ta'zsir qilib ushlab turadi


Videoni ko'rish