ANTIQA kimyo
Kimyo - moddiy olamning “g‘isht”laridan ajoyib "sanʼat asar"lari yasashni o‘rgatuvchi, har narsadan bir xil narsa, bir narsadan har xil narsa qanday yaralish sirini kashf qiluvchi, moddalarning turli xil qorishmasidagi jumboqlarni yechuvchi, jonlidan jonsizga, gazdan suyuqqa, qattiqdan plazmaga borib kelaveradigan sarguzashtparast fandir.

Buyuklar hayotidan

Hazilkash o'qituvchi

Nemis kimyo olimi Avgust-Vilgelm fon Xoffman (1818-1892) odatda gavjum sinflarda kimyodan ma'ruzalar o'qirdi. U ko'pincha hatto eng oddiy mavzularda hazil bilan o'ziga jalb qilishni bilardi. Bir marta, u ishga taklif qilingan London kimyo kollejidagi ma'ruzasida benzolning xususiyatlarini haqida gapairar ekan shunday dedi: "Benzolning o'ziga xos hidi bor". - keyin u biroz tabassum qilib qo'shib qo'ydi: "Bir xonim menga bu hid tozalangan qo'lqop hidini eslatishini aytgandi." Keyingi safar, ma'ruzada, Xoffman o'zi tanigan xonim tomonidan benzol hidiga berilgan ta'rif haqida gapira boshlaganida, bu hazilni allaqachon bilib olgan talabalardan biri o'rnidan turib, Xoffmanning fikrini davom ettirgan holatda baland ovoz bilan dedi: " Bu tozalangan qo'lqop hidiga o'xshaydi ». Bunday holatda boshqa o'qituvchi bo'lganda chalkashib ketishi mumkin edi. Ammo Xoffman talabaga hayron bo‘lib qaradi-da, bir zum jim qolgach, undan jiddiy ohangda so‘radi: “Demak, siz ham bu xonimni taniysizmi?” Talabalar kulib yuborishdi va Xoffman ma'ruzasini davom ettirdi.