Suv nega ifloslandi?
(suv va suvdagi kimyoviy reaksiyalar)
Bir shaharda g'alati voqea yuz berdi. Mahallalardan birining aholisi kranlardan noodatiy suv oqib kelayotganini aniqladi. Suv sarg'ish rang, o'tkir hid va achchiq ta'mga ega edi. Ba'zi odamlar bu suvni ichgandan keyin ko'ngil aynish va bosh og'rig'ini his qilishdi. Biroq, shaharning boshqa hududlarida suv toza edi.
Tez orada ma'lum bo'ldiki, hodisaga kimyo zavodlaridan birida avariya yuz bergani, buning natijasida suv ta'minoti tizimiga qandaydir kimyoviy moddalar tushib qolgani sabab bo'lgan ekan. Ushbu modda suv bilan reaksiyaga kirishib, yangi birikmalar hosil qilgan, bu esa suvga g'alati xususiyatlarni bergandi. Maxsus ekspertiza tayinlanib krandan olingan suv laboratoriyada tekshirildi va aynan qaysi kimyoviy modda borligi aniqlandi. Uni tozalash usuli ishlab chiqildi.
Savollar:
Zavoddan suv ta'minoti tizimiga qanday kimyoviy moddaning kirib kelishi mumkinligini taxmin qiling. Javobingizni asoslang.
Ushbu modda va suv orasidagi kimyoviy reaksiya tenglamasini yozing. Barcha reaktivlar va mahsulotlarning nomlarini ko'rsating.
Reaksiya mahsulotlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlang. Ular inson salomatligiga qanday ta'sir qilishi mumkin?
Reaktsiya natijasida hosil bo'lgan aralashmalardan suvni tozalash usullarini taklif qiling. Suv sifatini nazorat qilish uchun qanday fizik yoki kimyoviy tahlil usullaridan foydalanish mumkin?
Bunday hodisa takrorlanmasligi uchun qanday oldini olish choralari taklif qilasiz?