Shishadagi tuxum
Fokus
Og'zi tuxum diametridan kichik bo'lgan idish ichida butunicha yotibdi. Bu qanday amalga oshgan?
Tuxumni avval sirka kislotasi ichiga solib qo'yamiz. Shisha idish ichiga qaynoq suv solib to'kib tashlaymiz. Tuxumni sirka kislotasidan olib qizib turgan shisha idish og'ziga uchli tomoni bilan qo'yamiz. Natijada shisha tuxumni yutib oladi.
Fokus siri: Sirka kislotasi tuxum po'stlag'idagi kalsiy bilan reaksiya kirishgani sababli po'stloq yumhsaydi. Shisha idish qizdirilgani uchun unda havo bosimi kamayib tuxumni tortib oladi.