ANTIQA kimyo
Kimyo - moddiy olamning “g‘isht”laridan ajoyib "sanʼat asar"lari yasashni o‘rgatuvchi, har narsadan bir xil narsa, bir narsadan har xil narsa qanday yaralish sirini kashf qiluvchi, moddalarning turli xil qorishmasidagi jumboqlarni yechuvchi, jonlidan jonsizga, gazdan suyuqqa, qattiqdan plazmaga borib kelaveradigan sarguzashtparast fandir.

Kashfiyot va ixtirolar tarixi

Yodning kash etilishi?


Yod 1811 yilda fransuz kimyogari Bernard Kurtua tomonidan kashf etilgan. U o'sha payt Napaleonning davrida urushlarda qo'llanilgan poroxda ishlatiladigan selitrani oilsh uchun dengiz o'tlarining kulini tadqiq qilar edi. Yodning kashf etilishida mushukning ham hissasi bor. Olimning so‘zlariga ko‘ra, Kurtuaning sevimli mushugi kashfiyot "aybdori" bo‘lgan. Bir kuni laboratoriyada u kimyogarning yelkasida yotardi. Mushuk dam olishni xohlab, stolga sakrab tushdi va yaqin atrofdagi idishlarni to'kib yubordi. Ulardan birida dengiz o'tlari kulining spirtli eritmasi, ikkinchisida esa sulfat kislotasi bor edi Suyuqliklar aralashgach, ko'k-binafsha bug'li bulut paydo bo'ldi, bu yoddan boshqa narsa emas edi.