ANTIQA kimyo
Kimyo - moddiy olamning “g‘isht”laridan ajoyib "sanʼat asar"lari yasashni o‘rgatuvchi, har narsadan bir xil narsa, bir narsadan har xil narsa qanday yaralish sirini kashf qiluvchi, moddalarning turli xil qorishmasidagi jumboqlarni yechuvchi, jonlidan jonsizga, gazdan suyuqqa, qattiqdan plazmaga borib kelaveradigan sarguzashtparast fandir.

Yechilmagan ilmiy sir

Suv hali sirlarga boymi?


Ha, biz uchun oddiy kimyoviy modda bo'lgan suv hali ko'p yechilmagan sirlarga to'la. Suv o'zining tuzilishiga bog'liq bo'lgan juda ko'p anomal xususiyatlarga ega. Masalan, suv molekulasidagi vodorod bog'larining boshqa molekulalr bilan, organik molekulalar bilan birikkanda o'zini qanday namoyon qilishi hali ham to'liq o'rganilmagan. Suv strukturasi suyuq holatdan qattiq, ya'ni muz holatiga o'tganda, yoki o'ta sovuq muz holatiga o'tganda qanday o'zgarishi va nega aynan oltiburchakli kristall struktura hosil qilishi hali ham izlanishda bo'lgan masalalardan sanaladi. Suv molekulalarining hujayralarda qanday biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etishi ham hali o'rganilish davom etayotgan muammolardan ayrimlari xolos. Balki bu muammolarning yechimi siz toparsiz?