ANTIQA kimyo
Kimyo - moddiy olamning “g‘isht”laridan ajoyib "sanʼat asar"lari yasashni o‘rgatuvchi, har narsadan bir xil narsa, bir narsadan har xil narsa qanday yaralish sirini kashf qiluvchi, moddalarning turli xil qorishmasidagi jumboqlarni yechuvchi, jonlidan jonsizga, gazdan suyuqqa, qattiqdan plazmaga borib kelaveradigan sarguzashtparast fandir.

Tajriba

Ola-chipor Fir'avn iloni


Kerakli narsalar: Sopol idish, kalsiy glyukanat tabletkalari, quruq spirt, gugurt.

Bajarish: Tajribani ochiq havoda yoki yaxshi havolantirilgan xonada qilish tavsiya qilinadi. Quruq spirtni sopol idishga qo'yamiz. Uning ustiga kalsiy glyukanat tabletkasidan bittasini joylashtiramiz. Keyin gugurt chaqib quruq spirtni yoqamiz. Ma'lum vaqt o'tib tabletkadan "ola-chipor ilon" boshini ko'tarib chiqa boshlaydi. Quruq spirt ustiga bir nechta tabletka ham qo'yish mumkin. Bunda "ilonlar" soni ko'proq bo'ladi. Yoki bir necha boshli "ajdarhoga" aylanadi.

Izoh: Tajribada quyidagi reaksiya sodir bo'ladi: 2NH 4 NO 3 + C 12 H 22 O 11 = 11C + 2N 2 + CO 2 + 15H 2 O.

Uglerod azot va karbonat angidrid gazi bilan aralashib chiqqani sababli yongan moddaning hajmi keskin ortishi evaziga shunday holat yuz beradi.


Videoni ko'rish

Pufakni puflamasdan shishsirish


Kerakli narsalar: Stakan, pufak, osh sodasi, sirka kislotasi

Bajarish: Pufak ichiga 2 qoshiq soda solamiz. Stakanga esa uchdan birigacha to'ldirib sirka kislotasi quyamiz. Soda solinganpufakning og'zini stakan og'ziga yon tomonidan ohista shar ichidagi soda stakanga tushib ketmaydigan tarzda kiydiramiz. Keyin pufakni yuqoriga ko'tarib ichidagi sodani stakanga solamiz. Kimyoviy reaksiya natijasida gaz ajralib chiqib pufak shisha boshlaydi.

Izoh: Tajribada quyidagi reaksiya sodir bo'ladi: NaHCO 3 + CH 3 COOH = CH3COONa+H2O+ CO2 . Ajralib chiqqan karbonat angidrid gazi sharni shishiradi.


Videoni ko'rish