ANTIQA kimyo
Kimyo - moddiy olamning “g‘isht”laridan ajoyib "sanʼat asar"lari yasashni o‘rgatuvchi, har narsadan bir xil narsa, bir narsadan har xil narsa qanday yaralish sirini kashf qiluvchi, moddalarning turli xil qorishmasidagi jumboqlarni yechuvchi, jonlidan jonsizga, gazdan suyuqqa, qattiqdan plazmaga borib kelaveradigan sarguzashtparast fandir.

Yumor

"Ijodkor" talaba va Bunzen

Robert Vilgelm Bunzen iste'dodli nemis kimyogari bo'lish bilan birga namunali o'qituvchi edi. Ammo shunga qaramay, har bir universitetda bo'lgani kabi, olimning ma'ruzalariga kirmay darslarni o'tkazib yuborishga jur'at etadigan talabalar ham bo'lar edi. Semestr oxirida esa iltijoli ko'zlari bilan notanish yigitlar professorga imtixon daftarlarini uzatishardi. Juda mehribon va xushmuomala Bunzenning negadir sabri tugadi.

- Men sizni eslolmayman. Sizni hech qachon ma'ruzalarimda ko'rmaganman!

- Albatta-da, men ham sizni hech qachon ko'rmaganman, ser, - dedi "ijodkor" talaba va qo'shib qo'ydi: "Buning sababi men har doim xonadagi anavi ustun ortida o'tirganman. Sizga rostini aytsam, bu ustunni xonadan olib tashlash kerak!"

- Bo'lihsi mumkin, - xotirjam javob berdi Bunzen, -ammo ustun orqasiga bunchalik ko'p odam sig'adi deb o'ylamagandim!