Hayratomuz matemetika
Matematika - farazlar va tasavvurlar bilan olamni ag'dar-to'ntar qila oladigan, aslo aldamas va mantiq bilan o'lchaydigan, tilsimli gapiradigan, mukammal modellar quradigan raqamshunoslik va formulanavislik san'atidir.

Buyuklar hayotidan

Yevropaga arab raqamlari Al-Xorazmiy asarlari orqali kirgan

Al-Xorazmiyning mashhur “Hind hisobi haqida” (arab tilida “Fi hisab al-Xind” ) asari 12-asrda Robert Chesterskiy tomonidan arab tilidan lotin tiliga tarjima qilingan. Ushbu tarjima Yevropa matematikasining rivojlanish tarixida muhim rol o'ynadi.
Bu asar – o’nlik pozitsion hisoblash tizimini ifodalash va nol ishorasi haqida bo'lib, jumladan, arab raqamlari tizimi joriy qilingan. Bu g'oyalar Yevropa arifmetikasining rivojlanishi uchun kalit bo'lib, rim raqamlari o'rniga arab raqamlarini qo'llash uchun asos bo'ldi.
Al-Xorazmiyning Robert Chesterskiy tomonidan qiligan tarjima asari buyuk sharq matematiklari bilimlarini Yevropada tarqatishda muhim rol o‘ynadi va yangi usullar va arab raqamlari tizimlarini joriy etishga hissa qo‘shdi.
Keyinroq Fibbonachi ham musulmon mamlakatlarga safarlari chog'ida Al-Xorazmiyning asarlaridan ko'p foydalanib yevropalik olimlarni arab raqamlarini qo'llshga chorladi va shu haqida asar ham yozdi. Biroq o'sha asrlarda arab raqamlari Yevropada faqat olimlar va ta'lim muassaslarida ishlatilar edi. Hatto bu raqamlarni ishlatishni taqiqlovchi qounular ham chiqqan edi. Chunki bu raqamlar islom olamidan kelgani uchun o'sha davrdagi inkivizitor hristiyan hokimiyat buni hazm qilolmas edi. Lekin keyinchalik yevropalik tujjorlarga arab raqamlari bilan hisob-kitob qilish oson bo'lgani uchun ommaviy joriy qilishga ruhsat berildi. Arab raqamlari Yevropada 15-16 asrlardan, ya'ni Uyg'onish davridan boshlab keng qo'llanila boshlandi.