Hayratomuz matemetika
Matematika - farazlar va tasavvurlar bilan olamni ag'dar-to'ntar qila oladigan, aslo aldamas va mantiq bilan o'lchaydigan, tilsimli gapiradigan, mukammal modellar quradigan raqamshunoslik va formulanavislik san'atidir.

Voqeiy saboq

(Case-Study)

Sayohatga chiqish
(solishtirish va hisoblash)

Ahmad aka do'stlari bilan dam olishga syohatga chiqmoqchi. U yerda bir kun tirub qaytadilar. Ular 12 kishi. Qaysi usulni tanlashsa tejamkor bo'lishi ustida bosh qotiryaptilar. Boriladigan joy masofasi avtomobil yo'lidan 380 km. Ularning avtomobili benzinda yuradi va 100 km uchun 9 litr beznin sarflaydi. Bitta avtomobilga ko'pi bilan 5 kishi sig'adi. 1 litr benzin narxi 8000 so'm. Tezkor poyezdda o'sha yerga faqat bir tomonga borish uchun bilet narxi 1 kishiga 65 000 so'mni tashkil qiladi. Ahmad aka do'sti Sobir akadan bu masalani hal qilishni, qaysi usul arzonga tushishini so'radi. Sobir aka hisob-kitob qilib aniq javobni aytdi.

Savollar:
Siz nima deb o'ylaysiz, Sobir aka qaysi usulni tanlagan?
Avtomobilda borilganda yo'l xarajati har bir kishiga qanchadan tushadi?
Borish kelishga necha litr benzin sarflanadi? Har bir mashina uchun-chi?
Har bir odam uchun borish kelishga sarflangan benzin miqdori necha litrni tashkil qiladi?
Javoblaringizni asoslang.


Kofe biznesi
(grafik tuzish)

Shokir aka kofe sotadigan do'kon ochdi. U 2 xil kofe sotardi. Arabika va Robusta kofesi. 6 oylik sotuvdan tushgan daromad natijasi quyidagicha bo'ldi.
Arabika kofesi uchun
Yanvar - 340 $
Fevral- 325 $
Mart- 315 $
Aprel - 280 $
May- 285 $
Iyun - 256 $
Iyul - 258 $

Robusta kofesi uchun
Yanvar - 230 $
Fevral- 250 $
Mart- 210 $
Aprel - 180 $
May- 140 $
Iyun - 165 $
Iyul - 133 $
Har oy do'kon ijarasi va oylik uchun 450 $ harajat saflangan.
Savollar:
Har bir kofe uchun oylar bo'yicha sotuv grafigini tuzing. ?
Qaysi oylarda eng ko'p sotuv qilingan?
Qaysi oylarda daromadga chiqqan va qaysi oylarda kamomad chiqqanini ayting?
Umumiy olganda Shokir aka foyda ko'rganmi?
Keyingi 6 oy uchun sotuvlar qanday bo'lishini tahmin qilib ko'ring.