Куррасимон ўлчамли сайёра!
Tasavvur qiling, siz tekislik emas, faqat kurrasimon o‘lchamli fazo bilan ishlaydigan sayyoraga tushib qoldingiz. Bu yerda harakatlar ham tekis emas, aylanma shaklida. Deylik, shar ustiga chizilgan uchburchak burchaklari 90 daraja va shunda uchburchak burchaklari yig‘indisi 270 darajaga teng. U holda boshqa figuralar, doira, to‘rtburchak, ko‘p burchak, trapetsiyalar yuzalarini qanday hisoblash mumkin. Bunday kurrasimon fazoning uch o‘lchamli obyektlari sizningcha qanday bo‘ladi va ularning hajmini qanday hisoblash kerak. U yerda biz o‘rgangan matematikani ishlatish mumkinmi? Mumkin bo‘lsa qanday koeffitsiyentlar va qo‘shimchalar kiritish kerak bo‘ladi. Fantastik tarzda yechimlar bering va shunday sayyorada harakatlanuvchi transport va uning g‘ildiragi yoki boshqa harakatlanuvchi vositasi qanday bo‘lishini taxmin qilib ko‘ring.