Hisoblangan sonni topish
Fokus
Tomoshabinga istagan sonni o‘ylashni taklif qilasiz va unga turli xil matematik amallarni bajartirasiz. Oxirida natijani aniq aytasiz. Har safar xar xil va turli xil amallar bajartirasiz. Hatto ba’zida qaysi songa ko‘paytirishni o‘zidan tanlashni talab qilasiz. Lekin natijani doim aniq ayta olasiz.
Fokus siri: Bu fokusning siri shundaki, siz tomoshabinga turli amallarni bajartirish orasiga quyidagi siz uchun asosiy algoritmli bir necha amalni aytasiz va uni har xil shaklda aytish mumkin. Algoritm quyidagicha: noma’lum sonni istalgan juft songa ko‘paytirish (albatta juft son hosil bo'ladi), natijaga istalgan toq sonni qo'shish (albatta toq son hosil bo'ladi), natijani 5 ga ko‘paytirish, natijadan oldingi sonlarni olib tashlab oxirgi raqamni qoldirish. Mana endi aniq bilasizki bu son 5 ga teng. Chunki istalgan toq soning 5 ga ko‘paytmasi 5 bilan tugaydi. Bu algoritmni sezmasligi uchun, 5 ga ko‘paytirgandan keyin istagan sonni qo‘shish yoki ayirishni taklif qilishing mumkin. Lekin siz oxirgi 5 dan necha son qo‘shib yoki ayrilayotganini eslab qolishingiz kerak. Shundan keyingina oxirgi raqamni qoldirib oldindagilarni olib tashlang deysiz. Yana qo‘shimcha ravishda oxiri 5 bilan tugaydigan son hosil qilgandan keyin 10 ga ko‘paytirishni taklif qilasiz va istagan soningizni qo‘shishni aytasiz. Shunda oxirgi raqam 50 ekani va unga necha son qo‘shilayotgan bo‘lsa uni xayolingizda qo‘shib olasiz. So‘ngra oxirgi bitta emas, ikkita raqamni qoldirishini so‘raysiz. Bu sonni eslab qolib yana istagancha amallarni birga bajarishingiz mumkin va natijani aniq ayta olasiz. Shu tarzda ushbu algoritmni turli shakllarda ko‘p amallar orasiga yashirib bajarsangiz hamma ham buning sirini anglab yetolmaydi. Chunki har kimga turli xil amallarni bajartirasiz va ular bir-biriga o‘xshamaydi.