Nostandart fikrlash
O‘qituvchi taxtaga bir kesma chizdi. O‘quvchilarga qarab:
- Shu kesmani uzaytirish kerak. Lekin bu kesmaga tegish mumkinmas. Qanday qilamiz?
O‘quvchilarning boshi qotdi. Kesmani ulab chizmasdan uni qanday uzaytirib bo‘larkan?
Shunda bir o‘quvchi chiqib, taxtaga o‘sha kesmadan qisqa bo‘lgan chiziqni chizdi. Bu o‘quvchi o‘sha sinfdagi yagona nogiron o‘quvchi edi.
O‘qituvchi uning bu topqirligiga qoyil qoldi va qanday qilib bu fikrga kelganini so‘radi.
O‘quvchi: Men nogiron bo‘lsam-da, o‘zimdan ham nogironroq insonlar borligiga qarab, bundan ham battar bo‘lmaganimni idrok etib doim shukr qilishga harakat qilaman. Aslida erishgan ne’matlarimizga shukr qilib yashamoq, erishmaganlarimizdan shikoyat qilib yashamoqdan afzal ekanini tushunib yetganman. Kesmani ham hayotimga qiyos qildim, deb javob beribdi.