Hayratomuz matemetika
Matematika - farazlar va tasavvurlar bilan olamni ag'dar-to'ntar qila oladigan, aslo aldamas va mantiq bilan o'lchaydigan, tilsimli gapiradigan, mukammal modellar quradigan raqamshunoslik va formulanavislik san'atidir.

Kashfiyot va ixtirolar tarixi

O'nli kasr kashshofi


G'iyosiddin Jamshid Al-Koshiy birinchi bo'lib o'nli kasrni (yevropalik Simon Stevindan 160-yil oldin) matematikaga kiritgan olimdir. U “pi” ni aniqroq hisoblagan zamondoshlariga nisabatan. Koshiyni Ulug`bek o`zining astronomiya maktabida ishlashga taklif qilgan. Astronomiya maktabi uchun ilmiy kadrlar zarur edi. Koshiy Ulug`bek madrasasida Astronomiya va matematikadan dars berdi. Bir vaqtning o`zida u Ulug`bek maktabida olib borayotgan ilmiy ishlarda ham ishtirok etdi. U ilmiy ishlarning yakuni sifatida "Hisob kaliti", "Aylana haqida risola", "Vatar va sinus haqida risola" nomli va boshqa ko`plab asarlarni yozdi. Koshiyning matematika sohasida qilgan kashfiyotlari juda katta. Uning zamonida hisoblash ehtiyojlari uchun 60 li sanoq sistemasidan foydalanilar edi. U birinchi bo`lib o`nli kasrlarni kashf qildi va ular ustida amallar bajarishning qoidalarini ko`rsatib berdi.