Hayratomuz matemetika
Matematika - farazlar va tasavvurlar bilan olamni ag'dar-to'ntar qila oladigan, aslo aldamas va mantiq bilan o'lchaydigan, tilsimli gapiradigan, mukammal modellar quradigan raqamshunoslik va formulanavislik san'atidir.
Ochiq masala
Haydovchining ajablanishi

Haydovchi avtomobilda ketayotib old ekraniga qarasa jami 15951 km yo'l bosibdi. "Qizia simmetrik son bo'libdi, teskari tomondan o'qilsa ham bir xil. Endi hali veri bunaqa songa duch kelmasam kerak", deb xayol suribdi. Lekin oradan 2 soat otib, yana shunaqa simmetrik son paydo bo'lib qolibdi. Ayting-chi haydovchi oxirgi 2 soatda qaysi tezlikda harakatlangan?

Qizil kub

Yog'ochdan yasalgan va qiliz bilan bo'yalgan kubni arra bilan ikkiga bo'ldik. Hosil bo'lgan shakllarda nechta bo'yalgan va nechta bo'yalmagan tomonlari bor?