O'yin
Shaxmat taxtasida bir tomonda 4 ta it va qarshi tomonda bitta tulki joylashgan. Ikki kishi navbat bilan yurish qiladi. Faqat qora kataklarda yurish mumkin. Bir kishi itlar tarafda, ikkinchisi tulki tarafda. Itlar faqat oldinga, tulki esa orqaga ham bir katakdan yura oladi. Tulkini tutgan yutadi, aks holda yutqazgan bo'ladi.