Hayratomuz matemetika
Matematika - farazlar va tasavvurlar bilan olamni ag'dar-to'ntar qila oladigan, aslo aldamas va mantiq bilan o'lchaydigan, tilsimli gapiradigan, mukammal modellar quradigan raqamshunoslik va formulanavislik san'atidir.

Tajriba

Daraxt balandligini o'lchash


Kerakli narsalar: Chizg'ich, baland daraxt.

Bajarish: Daraxtning balandligini daraxtga chiqmasdan qanday o'lchash mumkin? Buning uchun quyoshli kunda Chizg'ichni tik qilib, uning soyasini o'lchaymiz va chizg'ichning uzunligini soyasi uzunligiga nisbatini topamiz. Keyin daraxtning soyasini o'lchaymiz va yuqorida chiqqan nisbatga ko'paytirsak daraxtning uzunligi topiladi.

Izoh: Bu yerda biz geometriyadagi o'xshash uchburckalar qoidasidan foydalandik.