TRIZ-Innovator Klubi Evristika Konsalting Markazi Evristik Pedagog Ustaxonasi
Kelajak prizmasi
Moddiy taraqqiyot, zamonaviy texnologiyalar ilgaridagi kabi bir maromda emas, balki eksponensiyal rivojlanmoqda. Yangi avlod eski texnologiyalar bilan yasholmaydi. Bunday zamonda kelajak avlodni kelajak uchun bugungi yondoshuv va metodalar bilan tayyorlay olmaymiz. Har kun yangilanishga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shunday ekan yangicha yondashuvlar uchun ochiq bo'lishga kech qolmaylik!
Yangi 3 ta loyihamiz bilan tanishing
Ushbu loyihalarni amalga oshirish ucun jamoamizga ijodiy fikrlaydigan, yangicha yondoshuvlarga ochiq, bilimli, entuziast yoshlarni ko'ngilli sifatida taklif qilamiz
TRIZ-Innovator Klubi
Evristika onlayn kursimizni to'liq tugatganlar uchun samarali ijodiy faoliyat va jamoaviy tarzda muammolarga yechim izlaydigan, o'zaro fikr almashib rivojlanadigan, seminar va treninglar muntazam o'tkaziladigan klub
Evristika Konsalting Markazi
Xususiy kompaniyalar uchun turli sohalarda uchraydigan muammo va masalalarga oson, samarali va real yechimlar topib berish xizmatini yo'lga qo'yadigan ekspertlar guruhidan tashkil topgan markaz
Evristik Pedagog Ustaxonasi
Evristika kurslarini ta'lim bera oladigan, ijodiy, tanqidiy, tizimli fikrlaydigan, aqliy va hissiy intellekti kuchli pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish ustaxonasi