Fanlarni qanday qilib maroqli va zavqli tarzda o'tish mumkin? Har bir fan uchun ko'plab instrumentlar taqdim etiladi.
Sahifaga o'tish
Hayotiy ko'nikmalar (Soft Skills)
O'quvchini imtixonga emas hayotga tayyorlashimiz kerak. Zero maktab hayoti tugagach, hayot maktabi boshlanadi.
Amaliy mietodikalar
O'quvchilarni darsga jalb qilish va sinfni tinchlantirish uchun qiziqarli amaliy metodlar
Kurslar
Evristika (3 ta modul) Ta'limdagi paradokslar (27 ta interaktiv debat-darslar) Ustozlik mahorati (3 ta modul)
Blog (maqolalar)
Ta'lim va tarbiyaga oid dolzarb maqolalar, podkastlar va videolar
Resurslar
Ta'limdagi zamonaviy, yangicha va innovastsion yondashuvlar hamda metodikalar haqida manbalar, kitoblar, filmlar, saytlar va platformalar
Loyiha haqida
Taʼlim changalzoridagi metamorfoz – shiddat bilan taraqqiy etayotgan moddiy olamda va kelajakda yashaydigan avlodning hayotda va jamiyatda o‘z mavqeiga ega bo‘lishi hamda o‘z millatini har tomonlama yuksaltirishi uchun bugunoq uning taʼlim va tarbiyasi haqida qayg‘urayotgan fidoiy ustoz va murabbiylarga dastak hamda ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan kreativ va innovatsion pedogogika yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi maorif portali.
Changalzor – changal, butazor qoplagan maydon, bugungi murakkab davrda taʼlim va tarbiya usullari ham murakkab bo‘lgan, chalg‘ituvchi dunyoning ichida yetuk komil shaxsiyat bo‘lish mashaqqatini ifodalash uchun metafora o‘laroq ishlatilgan Metamorfoz – tirik organizmning tubdan o‘zgarishi, g‘umbakdan pillaga va keyin kapalakkacha. Bu yerda bugungi egoizm va indiviualizm qobig‘iga o‘ralib qolayotgan avlodga qanot berib yuksaltirishga metafora o‘laroq qo‘llanildi.
PRINSIPLARIMIZ
“Baliq berma, qarmoq ber!”
Mazkur tamoyil asosida bilim berishdan ko'ra unga qiziqtiirishga ko‘proq eʼtibor qaratish. - Bilim qiziqarli taqdim qilinsin. - Fanlardagi bilimlarni o‘quvchi o‘rganmasin, balki kashf qilsin. - Hayrat va ajablanish hissi yo‘qolmasin. - Tajribalardan zavqlansin. - Ochiq masalalar, nostandart jumboqlar yechib ruhlansin. - Bilimlarni hayotga bog‘lab rohatlansin. - O‘ynab o‘rgansin. (geymifikatsiya) - Savol berishni to'xtatmasin
“Yashab o‘rgan, o‘rganib yasha!”
Maktabda ko‘pincha o‘rgatilmaydigan ko‘nikmalarni o‘rgatish, ya'ni Hayotiy ko‘nikmalarni (Soft Skills) rivojlantirishga ko‘proq urg‘u berish
“Daraxtni daraxt qiladigan uning ildizidir”
Tarixiy o‘zligimiz va milliy qadriyatlarimizga uyg‘un ruxdagi hikmatlar va buyuklarimizning ibratlari bilan qalb va vijdonni jilolash.