ANTIQA kimyo
Kimyo - moddiy olamning “g‘isht”laridan ajoyib "sanʼat asar"lari yasashni o‘rgatuvchi, har narsadan bir xil narsa, bir narsadan har xil narsa qanday yaralish sirini kashf qiluvchi, moddalarning turli xil qorishmasidagi jumboqlarni yechuvchi, jonlidan jonsizga, gazdan suyuqqa, qattiqdan plazmaga borib kelaveradigan sarguzashtparast fandir.
Kimyo - har sohaga "burnini" suqqan fan!
Kimyo - Fizika va Biologiyaning orasini bog'lab turuvchi eng yaqin do'st!
Avvaldan aniq yechish algoritmi, formulasi bo'lmagan nostandart, masalalar bo'lib, ko'plab yechish usullari va javoblari vfvjud bo'ladi. Ularni aynan hayotiy masalalar ham desa bo'ladi.
Kundalik turmush tarzi va maktab bilimlari bilan qolipga tushgan idrok etish tarzini va fikrlash inersiyasini buzishga undaydigan jumboqlar
Hech qanday maxsus laboratoriya va masxus asbob uskunalarsiz uy sharoitida ham bajarish mumkin bo'lgan qiziqarli tajribalar
Bugungacha fan hal qila olmagan va hali ham sirligicha qolayotgan qonunlar, faktlar, kuzatuvlar va hodisalar.
Kashfiyot va ixtirolarning tarixi haqida qiziqarli hikoyalar.
Ijodkorlik uchun eng muhim bo'lgan fantaziyani, tasaavurni kengaytirsh mashqlari.
Fandagi hayotimizga, turmushimizga, shaxsiy rivojlanishimizga ko'mak beradigan maroqli va foydali saboqlar
Fanga oid ajabrovur fokuslar, ko'rinishda rost, amo asli yanglish bo'lgan xulosalar, turlicha izohlanadigan abstrak chizmalar
Murakkab mavzularni sodda va tizmili qilib yetkazib beradigan surat, matn, grafiklardan iborat lavhalar
Fanga oid buyuklarning iqtiboslari
Fanni o'qitishda uchrab turdaigan ibratli va saboq olinadigan hayotiy hodisalar
Fanga oid kulgili latifa va handalar
Fan sohasida ulkan iz qoldirgan olim va mutafakkirlar hayotidan qiziqarli va ibratli lavhalar
Fanni o'qitishda o'ynaladigan foydali o'yinlar
Tusunish qiyin bo'lgan terminlarning soddalshtirilgan va oddiygina tushuntirilgan shakli
Ekskursiya uchun manzillar
Darslarni albatta hayot bilan bo'glash uhcun ko'proq ekskursiyalar tashkil qiling
Katta Quyosh Pechi (Parkent)
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti

O‘zFAN negizida Kimyo instituti O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining birinchilar qatoridagi muassasadir. 1998 yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining (5 iyun 1998 yildagi № 4/18-sonli) qaroriga binoan Kimyo instituti va O‘g‘itlar instituti negizida hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti (O‘zR FA UNKI) tashkil qilindi. Institutning maqsad va vazifalari O‘zR FA UNKI O‘zbekistonda kimyo yo‘nalishidagi eng yirik, ko‘p tarmoqli ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lib, bu yerda kolloid va membrana kimyosi, neft kimyosi, silikat materiallari kimyosi, rangli va nodir metallar, o‘g‘itlar, defoliantlar va stimulyatorlar, kimyoviy texnologiya jarayonlari va uskunalari sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.Institutning asosiy yo‘nalishi – O‘zbekistonning yoqilg‘i va mineral hom ashyolarini kimyoviy yo‘l bilan kompleks qayta ishlashning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish va innovatsion texnologiyalarini yaratishdan iborat. Institutning vazifalari: - O‘zbekistonning yangi konlaridan olinayotgan neftlarni chuqur qayta ishlashning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘shimcha neft mahsulotlaridan oqilona foydalanish; - metallurgiya chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini yaratish, rangli va noyob metallar ishlab chiqarishda import o‘rnini qoplashning dolzarb muammolarini hal qilish; - Markaziy Qizilkum fosforitlari asosida yangi turdagi fosforli o‘g‘itlar olishning samarali va tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish; - paxta va g‘alla o‘simliklari uchun samarali defoliantlar va o‘stirish stimulyatorlari olishning tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish; - mahalliy xom ashyolar asosida qurilish materiallari olishning yuqori samarali texnologiyalarini yaratish.


Manzil: 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 77-a
Lokasiya: https://maps.app.goo.gl/baykaHCzMNHGyqRk8
© 2023 Metamorfoz
Ta'lim changalzorida metamorfoz
  • Bosh sahifa
  • Hard Skills
  • Soft Skills
  • Blog
Dastak
  • Kurslar
  • Konsultasiya
  • Amaliy metodikalar
  • Resurslar
Feedback
  • Taklif va mulohazalar
  • Bog'lanish
  • Loyiha haqida