Mo'jizaviy biologiya
Bilogiya - virusdan filgacha, gendan daraxtgacha rang-barang jonli olam sirlanining kashshofi, hayaot tilsimini yechaman deb berk ko'chalarga ham kirib chiqadigan, munozara va baxslarga ochiq, jumboqlarga to'la tirik fandir.
Biologiya - sirli va g'aroyibotlarga to'la tugamaydigan fan!
Kimyoni juda yaxshi ko'radi, Fizika ham yaqin qo'shnisi, Geografiyaga maftun!
Avvaldan aniq yechish algoritmi, formulasi bo'lmagan nostandart, masalalar bo'lib, ko'plab yechish usullari va javoblari vfvjud bo'ladi. Ularni aynan hayotiy masalalar ham desa bo'ladi.
Kundalik turmush tarzi va maktab bilimlari bilan qolipga tushgan idrok etish tarzini va fikrlash inersiyasini buzishga undaydigan jumboqlar
Hech qanday maxsus laboratoriya va masxus asbob uskunalarsiz uy sharoitida ham bajarish mumkin bo'lgan qiziqarli tajribalar
Bugungacha fan hal qila olmagan va hali ham sirligicha qolayotgan qonunlar, faktlar, kuzatuvlar va hodisalar.
Kashfiyot va ixtirolarning tarixi haqida qiziqarli hikoyalar.
Ijodkorlik uchun eng muhim bo'lgan fantaziyani, tasaavurni kengaytirsh mashqlari.
Fandagi hayotimizga, turmushimizga, shaxsiy rivojlanishimizga ko'mak beradigan maroqli va foydali saboqlar
Fanga oid ajabrovur fokuslar, ko'rinishda rost, amo asli yanglish bo'lgan xulosalar, turlicha izohlanadigan abstrak chizmalar
Murakkab mavzularni sodda va tizmili qilib yetkazib beradigan surat, matn, grafiklardan iborat lavhalar
Fanga oid buyuklarning iqtiboslari
Fanni o'qitishda uchrab turdaigan ibratli va saboq olinadigan hayotiy hodisalar
Fanga oid kulgili latifa va handalar
Fan sohasida ulkan iz qoldirgan olim va mutafakkirlar hayotidan qiziqarli va ibratli lavhalar
Fanni o'qitishda o'ynaladigan foydali o'yinlar
Tusunish qiyin bo'lgan terminlarning soddalshtirilgan va oddiygina tushuntirilgan shakli
Ekskursiya uchun manzillar
Darslarni albatta hayot bilan bo'glash uhcun ko'proq ekskursiyalar tashkil qiling
Toshkentdagi Botanika bog'i kirishi
Oʻzbekiston FA Botanika instituti va botanika bogʻi
O‘zbekistondagi birinchi botanika bog‘i 1920-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti talabalari va olimlari tomonidan yaratilgan edi. Bog‘ qadimgi Anhor kanali yoqasida, Turkiston general-gubernatori qarorgohidagi parkda joylashgan bo‘lib, foydali yovvoyi o‘simliklarni o‘rganish uchun yaratilgan edi.
Bugungi kunda 67 gektarlik zamonaviy bog‘ maydoni poytaxtning shimoliy qismidagi turar joy hududida joylashgan. Bu yerda yana Toshkent hayvonot bog‘i ham bor.
Botanika bog‘i yilning istalgan vaqtida juda go‘zaldir. Bog‘ning betakror iqlimi tufayli bu yerda dunyoning besh tarafi – Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq, Yevropa va Shimoliy Amerikaning o‘simliklar dunyosidan bahramand bo‘lish mumkin.
Toshkent botanika bog‘ining ilmiy xodimlari tomonidan bir necha o‘n yillar davomida o‘simliklarni O‘zbekistonga ko‘chirib olib kelish, shuningdek, mahalliy turlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha katta ilmiy tadqiqotlar olib borildi.
Hozir esa bu yerda uy sharoitida ishlatilishi mumkin bo‘lgan yangi turlar kashf qilinmoqda va o‘simlik dunyosi vakillarining yangi turlari ishlab chiqilmoqda. Iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan yangi o‘simliklarga katta e’tibor berilmoqda, yangi noyob va qiyin o‘sadigan turlar, dorivor hamda gulli va manzarali o‘simliklar o‘rganilmoqda.
Manzarali va mevali daraxtlar, turli xil rezavor butalar, dorivor o‘simliklar mamlakatimiz botaniklari uchun tadqiqot masalasi bo‘lsa, oddiy mehmonlar uchun go‘zallik mavzusidir.
Bu yerda ko‘kalamzorlashtirish uchun yirik bargli jo‘ka daraxti, Lenkoran akatsiyalari, lola daraxti, xitoy teraklari, noyob emanlar ko‘chatlari; ko‘p yillik piyozli o‘simliklar – lola, sunbul, za’far hamda ildizli o‘simliklar – gulsapsar, piongul, gibridli gibiskusning 90 dan ortiq turlari yetishtiriladi.
Toshkentning Botanika bog‘ida poytaxtimizga uchib keladigan 30 dan ortiq turdagi ekzotik qushlarni uchratishingiz mumkin.
Bog‘ning hududida siz turli xil o‘quv ekskursiyalarida ishtirok etishingiz, fotosessiyalar, videotasvirlarni amalga oshirishingiz, velosiped va rolikli konkida sayr qilishingiz (bu yerda ijara xizmati taqdim etiladi), tabiat qo‘ynida dam olishingiz hamda o‘zingiz uchun o‘simliklarning kamyob va manzaralai turlarini xarid qilishingiz mumkin.

Manzil: 100140, Toshkent, Bogishamol ko'chasi, 232B
Lokasiya: https://maps.app.goo.gl/hKNXTL3ygLTMs5J6A
© 2023 Metamorfoz
Ta'lim changalzorida metamorfoz
  • Bosh sahifa
  • Hard Skills
  • Soft Skills
  • Blog
Dastak
  • Kurslar
  • Konsultasiya
  • Amaliy metodikalar
  • Resurslar
Feedback
  • Taklif va mulohazalar
  • Bog'lanish
  • Loyiha haqida